Davlat statistika qo’mitasining ma’lumotlariga ko’ra O’zbekiston Respublikasida 2022- yilning 1- dekabr holatiga ko‘ra xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni 15 497 tani tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2 389 taga (118%) ko‘paygan.
Xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning hududlar kesimidagi soni:
- Toshkent shahri – 9 496 ta (jami xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soniga nisbatan 61,27%)
- Toshkent viloyati – 1 622 ta (10,46%)
- Samarqand viloyati – 704 ta (4,54%)
- Surxondaryo viloyati – 627 ta (4,04%)
- Farg‘ona viloyati – 598 ta (3,85%)
- Andijon viloyati – 430 ta (2,77%)
- Buxoro viloyati – 389 ta (2,51%)
- Namangan viloyati – 316 ta (2,03%)
- Navoiy viloyati – 261 ta (1,68%)
- Qashqadaryo viloyati – 243 ta (1,56%)
- Jizzax viloyati – 223 ta (1,43%)
- Sirdaryo viloyati – 212 ta (1,36%)
- Qoraqalpog‘iston Resp. – 189 ta (1,21%)
- Xorazm viloyati – 187 ta (1,20%)
Ularning eng ko‘p miqdori quyidagi davlatlarga to‘g‘ri keldi:
Rossiya – 3 055 ta (19,7%)
Turkiya – 2 171 ta (14%)
Xitoy – 2 115 ta (13,6%)
Qozog‘iston – 1 235 ta (8,0%)
Janubiy Koreya – 919 ta (5,9%).