Toshkent xalqaro investitsiya forumining birinchi kuni muvaffaqiyatli yakunlandi. Tadbir yetakchi xalqaro va mahalliy investorlar, davlat xizmatchilari va biznes hamjamiyat vakillari orasidagi izchil va mazmunli muloqot ohangini belgilab berdi.
Forumda mamlakat investitsion siyosatining ustuvor yoʻnalishlari va xorijiy hamkorlar bilan oʻzaro munosabatning asosiy yoʻnalishalari belgilandi. Mamlakatimizdagi investitsiya va biznes muhitining keskin yaxshilanishi va bu yoʻldagi toʻsiqlarni bosqichma-bosqich bartaraf etish boʻyicha amalga oshiriladigan qadamlar sanab chiqildi. Soʻnggi yillarda 60 millard dollardan ortiq xorijiy investitsiyalar jalb qilindi. Ijtimoiy muhit va infrastrukturani rivojlantirish uchun xalqaro moliya institutlarining 14 milliard dollardan ziyod mablagʻlari oʻzlashtirildi. Oʻtgan yilning oʻzida investitsiyalar hajmi deyarli ikki marotaba oshdi.
Shuningdek, tijorat nizolarini hal etishda innovatsion yondashuvni koʻzda tutuvchi Toshkent xalqaro tijorat sudining (TICC) ochilishi ham birinchi kun diqqat markazida boʻldi. TICC xalqaro standartlar asosida ishonchli va samarali huquqiy yordam koʻrsatish orqali xalqaro investorlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishning muhim mexanizmiga aylanadi.
Investorlar normativ-huquqiy bazaga muhtoj, ammo ular uni qanday qoʻllashni ham bilishlari kerak. Va TICC xalqaro standartlarga javob beradigan direktorlar kengashini topadi», – dedi xalqaro advokat Mari-Enn Birken.
Toshkent Davlat yuridik universiteti rektori vazifasini bajaruvchi Islombek Rustambekov xalqaro tijorat sudi va mahalliy sudlarning hamkorligi huquqiy amaliyotda yanada yaxshi natijalarga erishishga yordam berishini ta’kidladi. Shuningdek, u TICC Oʻzbekistonni xorijiy investorlar uchun yanada jozibador qilishini ta’kidladi.
Oʻzbekiston fintex sanoatiga bagʻishlangan panel sessiyada ushbu sohadagi soʻnggi tendentsiyalar va innovatsiyalar muhokama qilindi. Ishtirokchilar raqamli texnologiyalarni moliyaviy xizmatlarga faol joriy etish orqali Toshkent Markaziy Osiyodagi Fintex markaziga aylanish uchun katta salohiyatga egaligini ta’kidladilar. Ma’ruzachilar moliyaviy qulaylik va raqamli transformatsiyani ragʻbatlantirishga moʻljallangan Digital Uzbekistan 2030 strategiyasini muhokama qilishga alohida e’tibor qaratdilar.
– Ba’zi raqamlarni ta’kidlash muhim: mobil aloqa qamrovi 90% va Internet qamrovi 77% dan ortiq. Oʻzbekistonda mobil moliyaviy xizmatlardan foydalanadigan odamlarning koʻpligi ham quvonarli. Bilamizki, texnologiya ishlab chiquvchi har qanday guruh uchun undan foydalanish imkoniyatini yaratuvchi infratuzilma juda muhimdir», – dedi Oʻzbekiston Fintex assotsiatsiyasi direktori Nargis Doʻstmatova.
«Birgalikda muvaffaqiyat sari: Oʻzbekiston va Ozarbayjon» panel sessiyasi doirasida ikki mamlakatning savdo, investitsiya va energetika sohasini rivojlantirishga xizmat qiluvchi barqaror sheriklik munosabatlari koʻrib chiqildi. Ozarbayjon Iqtisodiyot vaziri Mikail Jabbarov Oʻzbekiston va Ozarbayjon munosabatlari xalqlarimiz oʻrtasidagi koʻp asrlik doʻstlik, qarindoshlik, madaniy birlik va tarixiy uygʻunlikka asoslanganini ta’kidladi:
– Bir tomondan, bu bizning hukumatdagi ishimizni osonlashtiradi, ammo boshqa tomondan, umidlarning ulkanligi jarayonni amalga oshirishni murakkablashtiradi», – dedi u. – Hamkorlik tarixi ikki yil avval, oʻzbek tovarlari uchun maxsus savdo siyosati joriy etilgan paytdan boshlangan. Ushbu ikki yil ichida biz ushbu sohada sezilarli oʻsishga erishdik. Mamlakatlarimiz oʻrtasida avtomobil va temir yoʻl orqali 300 tonnadan ortiq turli yuklar tashildi. Transport aloqalari mamlakatlarimiz oʻrtasidagi savdo va hamkorlikni rivojlantirishga hissa qoʻshdi.
“Nima uchun Oʻzbekistonga sarmoya kiritish kerak?” panel sessiyasida Oʻzbekiston tomonidan taklif etilayotgan noyob investitsion imkoniyatlar, uning strategik joylashuvi va tez rivojlanayotgan bozoriga alohida e’tibor qaratildi. Soʻnggi yillarda mamlakatimizda erishilgan yutuqlarni ta’kidlab, UCC Holding Klaster bosh direktori Mehmet Arif Ozozan shunday dedi:
Men Oʻzbekistonni koʻp yillardan beri bilaman, 10 yil oldin bu yerga kelib, biznes bilan shugʻullanganman. Bundan tashqari, kelib chiqishim turk boʻlgani sababli bu yerda madaniyat, an’ana va boshqa jihatlartda oʻxashashliklarni koʻraman. Oʻshanda kelganimdan buyon, aytishim mumkinki, 3-4ta yoʻnalishda ulkan siljishlar roʻy bergani koʻzga tashlandi: ishga sadoqat, liderlik va uzoqni koʻra bilish. Bundan tashqari YaIM miqdori deyarli ikki barobar oshgan. Oʻzbekiston juda qisqa muddatda bu qadar katta natijalarga erishganligi bilan faxrlansa arziydi. Bu mamlakatning xalqaro investorlar uchun jozibadorligini oshiradi va ularning diqqatini jalb etadi.
Suv resurslarini boshqarish masalalari muhokamasida Oʻzbekistonning barqaror rivojlanishi uchun oʻta muhim boʻlgan ushbu resursni samarali boshqarish zarurligi ta’kidlandi. Oʻzsuvta’minot boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi Dilshod Azimov Shveytsariya bilan qoʻshma pilot loyihani amalga oshirish tajribasi bilan oʻrtoqlashdi, buning natijasida mintaqaning suv ta’minoti usullari va ekologik xavfsizligini sezilarli darajada yaxshilaydigan dastur joriy etildi. Azimov, shuningdek, Oʻzbekiston-2030 strategiyasining asosiy yoʻnalishlarini belgilab berdi, bu boshqa narsalar qatorida mamlakat aholisining 90 foizini toza suv bilan ta’minlashga qaratilgan.
Qayta tiklanadigan energetikani rivojlantirish mavzusiga ham toʻxtalib oʻtildi, unda ishtirokchilar mintaqada ekologik toza texnologiyalarni ilgari surishda Oʻzbekistonning rolini muhokama qildi.
– Ilgari Oʻzbekiston qazib chiqariladigan yoqilgʻiga tayanar edi, bunda gaz katta ulushga ega edi. Ammo mamlakat taraqqiyotining yangi vektori yashil energiya uchun eshiklarni ochdi. Bugun biz yetakchi oʻyinchilar bilan hamkorlik qilmoqdamiz va 2030 yilga borib Oʻzbekiston 20 gigavatt quvvatga ega qayta tiklanadigan energiyani yaratib, uning energiya balansidagi ulushini 40 foizga yetkazadi», – dedi Oʻzbekiston Respublikasi energetika vaziri oʻrinbosari Umid Mamadaminov.
Trade Connect Central Asia + dasturining yakunlanishi va korporativ boshqaruv muhokamasi Oʻzbekistonning investitsiya muhitini yaxshilash va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash yoʻlidagi qat’iyati tasdigʻi boʻldi.
Uchinchi investitsiya forumining birinchi kunida energetika, oziq-ovqat mahsulotlari, geologiya va yashil texnologiyalar kabi sohalarda 10 ga yaqin shartnoma imzolandi.
Forumning birinchi kuni Toshkentning qudratli xalqaro investitsiyalar markazi sifatidagi obroʻsini tasdiqladi va tadbirning keyingi kunlarida muvaffaqiyatli muloqotni davom ettirishni va’da qildi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi