O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika Agentligi ma’lumotlariga ko’ra 2024 yilning yanvar-may oylarida O’zbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi 26.733,0 million AQSh dollarini tashkil etdi va 2023 yilning shu davriga nisbatan 769,5 million AQSh dollariga yoki 3.0 foizga oshdi.
O’zbekistonning umumiy tashqi savdo aylanmasi hajmidan Eksport 10.856,5 million AQSh dollarini (2023 yil yanvar-may oylariga nisbatan 1.9 foizga oshgan), Import esa 15.876,5 million AQSh dollarini tashkil etdi (3.7 foizga oshgan). Natijada, O’zbekistonning tashqi savdo aylanmasi saldosi -5.020,0 million AQSh dollarini tashkil etdi.
Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasi dunyodagi 186 davlat bilan savdo aloqalarini amalga oshirmoqda. Eng katta tashqi savdo aylanmasi Xitoy (18,9%), Rossiya (17,9%), Qozog’iston (5,9%), Turkiya (4,5%) va Janubiy Koreya (3,4%) bilan qayd etilgan.
O’zbekiston Respublikasining 2024 yil yanvar-may oylaridagi tashqi savdo aylanmasi ko’rsatkichlari quyidagi infografikada keltirilgan: