O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra 2022-yilda O‘zbekiston Respublikasi yalpi ichki mahsuloti (YAIM) joriy narxlarda 888 milliard 341,7 million so‘mni tashkil etdi va 2021-yilga nisbatan real ko‘rsatkichlarda 5,7 foizga o‘sdi. YAIM deflyator indeksi 2021- yildagi narxlarga nisbatan 113,8% ni tashkil etdi.
Joriy davrda o‘rtacha almashuv kursi bo‘yicha hisoblangan nominal YAIM hajmi 80.384,0 mln. AQSH dollarini tashkil etdi.
Iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi YAIM umumiy hajmining 93,2% ini tashkil etdi va 6,2% ga o‘sdi (YAIM mutlaq o‘sishiga ta’siri 5,8 foiz punktni tashkil etdi). Mahsulotlarga sof soliqlarning YAIM tarkibidagi ulushi 6,8% ni tashkil etdi va 2021- yil bilan taqqoslaganda 0,8% ga kamaydi (YAIM mutlaq o‘sishiga ta’siri – -0,1 f.p.).
YAIM o‘sishiga qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi tarmog‘i 0,9 f.p., sanoat tarmog‘i – 1,3 f.p., qurilish tarmog‘i – 0,4 f.p. va хizmat ko‘rsatish tarmog’i 3,2 f.p. ijobiy hissa qo‘shdi. Mahsulotlarga sof soliqlarning kamayishi hisobiga YAIM 0,1 f.p. ga pasaydi.
2022- yil yakunlariga ko‘ra, YAIM tarkibida katta bo‘lmagan o‘zgarishlar kuzatildi. YAIM (YAQQ) tarkibida xizmatlar sohasining ulushi 39,6% dan 41,5% ga, qurilish tarmog‘ining ulushi 6,6% dan 6,7% ga oshdi. Shu bilan birga, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining ulushi 26,5% dan 25,1% ga, sanoatning ulushi 27,3% dan 26,7% ga kamaydi.
2022- yilda aholi jon boshiga hisoblangan YAIM hajmi joriy narxlarda 24.919,7 ming so‘mni (yoki 2.254,9 AQSH dollari ekvi-valentida) tashkil etdi.
Ma’lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasi doimiy aholisining o‘rtacha soni 2018- yilda 32.956,1 ming kishi, 2019- yilda 33.580,4 ming kishi, 2020- yilda 34.232,1 ming kishi, 2021- yilda 34.915,1 ming kishi va 2022- yilda 35.648,1 ming kishini tashkil etgan.
Keltirilgan diagram-madan ko‘rinib turganidek, 2022- yilda aholi jon boshiga YAIM hajminig real o‘sishi 2021- yilga nisbatan 3,5% ni, 2018- yilga nisbatan esa 13,4% ni tashkil etdi.
2022- yilda YAIM deflyator indeksi 2021- yildagi narxlarga nis-batan 113,8% ni tashkil etdi. Tarmoqlar kesimida deflyator indeksining yuqori ko‘rsatkichlari qurilishda – 114,3% hamda boshqa xizmat tarmoqlarida 120,5% qayd etildi.
Respublikaning o‘rtacha darajasi (113,8%)dan past bo‘lgan deflyator indeksi savdo, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarda – 113,1%, sanoatda – 112,2%, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida – 110,7%, tashish va saqlash, axborot va aloqada – 105,1% qayd etildi.
Shu bilan birga, mahsulotlarga sof soliqlarning deflyator indeksi 116,9% ni tashkil etgan.
Ma’lumot uchun: 2022- yilda O‘zbekistonda iste’mol narxlari indeksi (INI) 2021- yilga nisbatan 111,4 % ni tashkil etdi. Tovarlar bo‘yicha INI 112,8 % ni, xizmatlar bo‘yicha esa 107,0 % ni tashkil etdi. Kuzatilayotgan davrda 2021- yil bilan taqqoslaganda, oziq-ovqat mahsulotlari narxlari 15,1 % ga, nooziq-ovqat mahsulotlari narxi esa 9,9 % ga o‘sdi.