15 Yan, 2026

O‘zbekistonda chet el kapitali ishtirokidagi korxonalar soni

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning 1-yanvar holatiga O‘zbekistonda chet el investitsiyalari ishtirokida jami 18.164 ta korxonalar faoliyat yuritmoqda.

Ulardan 4.247 tasi (23%) qo‘shma va 13.917 tasi (77%) xorijiy korxonalardir.

Chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalar soni oxirgi 5-yilda 1,9 barobarga oshgan.

O‘zbekistondagi chet el nvestitsiyasi ishtirokidagi korxonalar soni bo‘yicha TOP-10 davlatlar:

  1. Xitoy — 5 044 ta (27,8%);
  2. Rossiya — 3 181 ta (17,5%);
  3. Turkiya — 2 137 ta (11,8%);
  4. Qozog‘iston — 1 212 ta (6,7%);
  5. Janubiy Koreya — 693 ta (3,8%);
  6. Afg‘oniston — 635 ta (3,5%);
  7. BAA — 414 ta (2,3%);
  8. Tojikiston — 389 ta (2,1%);
  9. Hindiston — 375 ta (2,1%);
  10. AQSH — 340 ta (1,9%).

Boshqa mamlakatlar 3744 ta yoki 20,6% ni tashkil etdi.


Manba: O’zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo’mitasi

Bizga yozing

Iltimos, ariza shaklini to’ldiring va biz tez orada siz bilan bog’lanamiz.