O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri J.Xo‘jayev boshchiligida xalqaro moliya institutlari mablag‘lari jalb qilingan loyihalarni amalga oshirishning borishi tahliliga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi vazirlik, idoralar, tarmoq birlashmalari, tijorat banklari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlari ishtirok etdi.
2022-yilga mo‘ljallangan Davlat investitsiya dasturi doirasida xalqaro moliya institutlari mablag‘larini jalb qilgan holda umumiy qiymati 14,2 milliard dollarlik 111 ta investitsiya loyihasi amalga oshirillishi, shundan 2,2 milliard dollari yil oxirigacha o‘zlashtirilishi ma’lum qilindi. Shuningdek, yil yakuniga qadar umumiy qiymati 2,4 milliard dollarlik 29 ta investitsiya loyihasi amalga oshiriladi.
Yuqoridagi loyihalarning hududlar va tarmoqlar sharoitida amalga oshirilishining borishi ko‘rib chiqildi. Tender jarayonlarini o‘tkazish va tender takliflarini baholash muddatlarini qisqartirish, loyihalarning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini muvofiqlashtirish imkoniyatlari o‘rganildi. Loyihani amalga oshirish guruhlari malakasini oshirish, pudratchilar tomonidan loyihalarni amalga oshirish ustidan nazoratni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.
Loyihalarni amalga oshirish uchun masʼul vazirlik va idoralar rahbarlariga yuqoridagi holatlarning sustkashlikka yoʻl qoʻymaslik, jalb etilgan xorijiy investitsiyalarni maqsadli oʻzlashtirish va loyihalarni oʻz vaqtida foydalanishga topshirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar koʻrish boʻyicha topshiriqlar berildi.
Yig‘ilish yakunida belgilangan vazifalarni sifatli bajarish doirasida tegishli rahbarlarning shaxsiy mas’uliyati alohida ta’kidlanib, qo‘shimcha topshiriqlar berildi.