Toshkent Xalqaro Investitsiya Forumi (TXIF-III) – bu nafaqat Oʻzbekiston, balki butun mintaqa uchun muhim tadbir hisoblanadi. Anʼanaga muvofiq, uning dasturiga davlat rahbari darajasidagi yalpi majlis, turli masalalar muhokamasiga bagʻishlangan ekspertlarning 50 dan ortiq uchrashuvlari, jumladan panel munozaralari, davra suhbatlari va b2b muzokaralari kiritilgan.
Forumning har bir ishtirokchisi hamkorlar bilan manfaatlar kesishadigan nuqtalarini topishi, muayyan investitsiya loyhalarini oʻrganishi, oʻnlab yo‘nalishlarda roʻy berayotgan soʻnggi tendensiyalarni muhokama qilishi va istiqbolli takliflarni qabul qilishi mumkin boʻladi.
Forum kun tartibida dunyodagi iqtisodiy turbulentlik fonida barqaror oʻsish sur’atlarini namoyish etayotgan, bosqichma-bosqich Markaziy Osiyoning haqiqiy investitsiya markaziga aylanib borayotgan Oʻzbekistonning salohiyatini namoyon etish alohida oʻrin tutadi. Yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, tadbirkorlik faoliyati uchun yaratilgan qulay sharoitlar, jumladan, salmoqli imtiyoz va preferensiyalar, investorlar huquqlarining kafolatlangan himoyasi investorlarning qiziqishini oshirmoqda.
Forum miqyosi va geografiyasi yildan-yilga oshi bormoqda.
Taqqoshlash uchun:
– TXIF-2022 (birinchi forum) forumiga 56 davlatdan 2 mingdan ortiq yirik investorlar va yuqori martabali mehmonlar tashrif buyurishdi.
– TXIF-2023 esa oʻz maydinida 70 mamlakatdan 2500 ishtirokchini jamladi. Forum natijalarga koʻra, 11 milliard dollarlik 164 hujjat imzolandi.
2024-yilda Toshkent sayyoramizning barcha qit’alaridan yanada koʻproq mehmonlar – investorlar, rasmiylar va tahlilchilarni qabul qilishi kutilmoqda.
www.iift.uz sayti orqali 2024-yil 25-aprelgacha onlayn roʻyxatdan oʻtish mumkin boʻladi.