O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqand shahridagi yo‘l va suv ta’minoti tarmoqlarini modernizatsiya qilish uchun BAA krediti ajratilishini ma’qulladi. Qarz beruvchi Abu-Dabi taraqqiyot jamg’armasi. Loyiha Prezidentning 2019-yilda BAAga tashrifi chog‘ida imzolangan investitsiya shartnomasida ko‘zda tutilgan.
Kredit miqdori 1,1019 milliard dirhamni (300 million dollar) tashkil qiladi. Pul yillik 2,5% stavkada, 4 yillik imtiyozli davr bilan 17 yilga chiqariladi.
Suv quvurini modernizatsiya qilish uchun to‘lovlar Samarqand suv ta’minoti va viloyat byudjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Yo‘llarga sarflangan mablag‘lar to‘g‘ridan-to‘g‘ri davlat byudjetidan qaytariladi.
Loyiha doirasida O‘zbekistonga olib kirilayotgan tovarlar va uskunalar bojxona to‘lovlaridan ozod qilingan. Bundan tashqari, davlat ishtirokchi kompaniyalarga ular tomonidan to’langan QQS summalari uchun kompensatsiya to’laydi – buning uchun 42,76 million dollar ko’zda tutilgan.
Infratuzilmaviy kreditdan tashqari, 2019-yilda O‘zbekiston va BAA Samarqand shahrida mehmonxona va savdo markazi qurilishini birgalikda moliyalashtirishga kelishib oldi. Loyihaning taxminiy qiymati 100 million dollarni tashkil etadi.