06 Mar, 2024

USAID O‘zbekistonda biznesni rivojlantirish bo’yicha grantlar olish uchun arizalarni qabul qilishni boshlanganini e’lon qildi

AQSh Xalqaro Taraqqiyot Agentligi (USAID) O‘zbekistonda Biznesni qo‘llab-quvvatlash loyihasi (BSP) grantiga arizalar qabul qilishini e’lon qildi.

Tashabbus to‘qimachilik sanoati, turizm, yashil iqtisodiyot va AT sohalarida tadbirkorlik va ishbilarmonlik muhitini yaxshilashga qaratilgan.

BSPda kichik va o’rta biznes vakillari, investitsiya markazlari, kovorking maydonlari va boshqa tashkilotlarning vakillari ishtirok etishlari mumkin. Ayollar, yoshlar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan tashabbuslarga alohida e’tibor qaratiladi.

Birgalikda moliyalashtirish miqdori 25 ming dollardan 100 ming dollargacha bo’ladi. Kichik va o’rta biznes, nodavlat notijorat tashkilotlari (NNT) loyiha qiymatining 50 foizini ta’minlashi shart.

Ayollar, yoshlar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan kichik va o‘rta korxonalar, nodavlat notijorat tashkilotlari taklif etilayotgan tashabbus qiymatining 20 foizini o‘z hissalarini qo‘shishlari mumkin.

Nomzodlardan arizalarni qabul qilish muddati UZBSP-Grants@thepalladiumgroup.com elektron pochta orqali 2024-yil 5-martdan 10-aprelgacha, 2024-yil 1-oktabrdan 31-oktabrgacha va 2025-yil 1-maydan 31-maygacha qabul qilinadi.

Bunda ariza loyihaning mohiyatini ko‘pi bilan uch varaqda uchta tildan birida – o‘zbek, rus yoki ingliz tillarida bayon qilishi kerak.

USAID taʼkidlaganidek, 28-mart kuni loyihaning Telegram kanalida BSPga oydinlik kiritish uchun onlayn uchrashuv boʻlib oʻtadi.

 

Manba: USAID

Bizga yozing

Iltimos, ariza shaklini to’ldiring va biz tez orada siz bilan bog’lanamiz.