O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining ma’lumotlariga ko‘ra 2024-yilning yanvar-avgust oylarida O‘zbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi 42.703,3 million AQSh dollarini tashkil etdi va 2023 yilning shu davriga nisbatan 2.657,7 million AQSh dollarga yoki 6,6 foizga o‘sdi.
O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasining umumiy hajmidan eksport 17.344,0 million AQSh dollarini (tashqi savdo aylanmasida eksport ulushi 40,6 foiz), import esa 25.359,2 million AQSh dollarini (tashqi savdo aylanmasidagi import ulushi 59,4 foizni) tashkil etdi. Natijada O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi saldosi -8.015,2 million AQSh dollari miqdorida manfiy saldoni tashkil etdi.
Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi dunyoning 188 davlati bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda. Tashqi savdo aylanmasining eng katta hajmi Xitoy (18,8 foiz), Rossiya (18,2 foiz), Qozog‘iston (6,2 foiz), Turkiya (4,6 foiz) va Koreya Respublikasi (3,1 foiz) bilan qayd etildi.
O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil yanvar-avgust oylari uchun tashqi savdo aylanmasi ko‘rsatkichlari quyidagi infografikada keltirilgan: