O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yil yanvar-fevral oylarida O‘zbekistonning Tashqi savdo aylanmasi 9.919,0 mlrd. AQSh dollarini tashkil etib, o’tgan yilning mos davriga nisbatan 940,3 mln. AQSh dollariga yoki 10,5%ga oshgan.
Tashqi savdo aylanmasida Eksport hajmi 3.631,5 mln. AQSh dollariga (2023- yilning yanvar-fevral oylariga nisbatan 13,6%ga ko‘paydi) va Import hajmi 6.287,5 mln. AQSh dollariga (8,7%ga ko‘paydi) yetgan.
Hisobot davrida -2.656,0 mln. AQSh dollari qiymatida manfiy tashqi savdo balansi qayd etilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi jahonning 151 mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda.
Tashqi savdo aylanmasining nisbatan salmoqli hissasi XXRda (21,5%), Rossiyada (17,8%), Qozogʻistonda (5,9%), Turkiyada (4,4%) va Koreya Respublikasida (3,7%) qayd etilgan.