21 Dek, 2024

O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 2024-yilning yanvar-noyabr oylarida 59,4 milliard dollarni tashkil etdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika Agentligining ma’lumotlariga ko‘ra 2024-yilning 11 oyida O‘zbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi 59.368,8 million AQSh dollarini tashkil etdi va 2023 yilning mos davriga nisbatan 2.058,7 million AQSh dollarga yoki 3,6 foizga o‘sdi.

O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasining umumiy hajmidan eksport 24.223,0 million AQSh dollarini (tashqi savdo aylanmasida eksport ulushi 40,8%), import esa 35.145,8 million AQSh dollarini (tashqi savdo aylanmasidagi import ulushi 59,2%) tashkil etdi. Natijada O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi saldosi -10.901,5 million AQSh dollari miqdorida manfiy saldoni tashkil etdi.

Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi dunyoning 195 davlati bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda. Tashqi savdo aylanmasining eng katta hajmi Xitoy (19,0%), Rossiya (18,0%), Qozog‘iston (6,5%), Turkiya (4,4%) va Koreya Respublikasi (3,0%) bilan qayd etildi.

O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil yanvar-noyabr oylari uchun tashqi savdo aylanmasining asosiy ko‘rsatkichlari quyidagi infografikada keltirilgan:

Bizga yozing

Iltimos, ariza shaklini to’ldiring va biz tez orada siz bilan bog’lanamiz.