O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning 9 oyida O‘zbekiston Respublikasi Yalpi Ichki Mahsulotining (YaIM) o‘sish sur’ati 105,8 foizni (2021 yilning shu davrida 107,4 foiz) tashkil etdi.
Joriy yilda yalpi ichki mahsulot o‘sishiga sanoat ishlab chiqarishi 5,3 foiz, qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi 3,6 foiz, qurilish 6,3 foiz, xizmat ko‘rsatish sohasi 15,4 foizga o‘sganligi ta’sir ko‘rsatdi.
O‘zbekiston Respublikasining doimiy aholisi 2022-yil 1-oktabr holatiga 35.821,0 ming kishini tashkil etdi.
Narx indekslari (o‘tgan yilning dekabr oyiga nisbatan) 108,1 foizni tashkil etdi.
Aholi umumiy daromadlarining real o‘sish sur’atlari 110,7 foizga yetdi.
Sanoat mahsulotlarining jismoniy hajmi indeksi 105,3 foizni tashkil etdi.
Tashqi savdo aylanmasining o‘sish sur’ati 127,2 foizni (2021 yilning shu davrida 102,9 foiz) tashkil etdi. Bunda eksport 135,7% (83,1%), import 122,3% (119,3%)ni tashkil etdi.
Shuningdek, xalqaro moliya institutlari O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlari yalpi ichki mahsulotini oshirish bo‘yicha o‘z prognozlarini qayta ko‘rib chiqqanini ham ta’kidlash lozim. Shunday qilib, OTB O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining 2023-yilda 4,5 foiz o‘rniga 5 foizga o‘sishini kutmoqda. YeTTB qiymatni 1,5% ga oshirdi, joriy va keyingi yil uchun mos ravishda 5,5 va 6,5% ni tashkil etdi.