08 May, 2024

O’zbekistonning Xalqaro zaxiralari $35,1 milliardni tashkil etdi

O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining ma’lumotlariga binoan 2024-yil 1-may holatiga ko’ra O’zbekiston Respublikasining Xalqaro Zaxiralari 35.108,340 million AQSh dollarini tashkil etdi (o’tgan oy bilan taqqoslaganda 918,0 million AQSh dollari yoki 102,7% ga o’sgan).

Shundan:

  • Xorijiy valyutadagi zaxira aktivlar: 8.021,710 million AQSh dollari (Xalqaro zaxiralarning umumiy qiymatining 22,8%). O‘tgan oyga nisbatan -238,6 mln.AQSH dollariga yoki -2,9 foizga kamaygan;
  • Oltin (sof hajmi 11,460 million troy unsiyada): 26.533,640 million AQSh dollari (75,6%). O’tgan oy bilan taqqoslaganda 1.159,160 million AQSh dollari yoki 104,6% foizga o’sgan. O’tgan oyga nisbatan jismoniy hajmda 0,04 million troya unsiyasi yoki 0,35% ga kamaygan;
  • Boshqa aktivlar: 552,990 million AQSh dollari (1,6%).

Bizga yozing

Iltimos, ariza shaklini to’ldiring va biz tez orada siz bilan bog’lanamiz.