O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika Agentligining ma’lumotlariga asosan 2024-yil yanvar- avgust oylari yakuniga ko‘ra:
- Sanoat ishlab chiqarishining jismoniy hajmi indeksi 106,9 foizni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,1 foizga oshdi;
- Iste’mol narxlari indeksi (o‘tgan yilning dekabr oyiga nisbatan): 105,5 foizni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,7 foizga oshdi;
- Chakana tovar aylanmasining o‘sish sur’ati 109,1 foizni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,9 foizga oshdi;
- Qurilish ishlari hajmining o‘sish sur’ati 109,2 foizni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,6 foizga oshdi;
- Ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmining o‘sish sur’ati 113,2 foizni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 0,7 foizga oshdi;
- Tashqi savdo aylanmasining o‘sish sur’ati 106,6 foizni tashkil etdi yoki o‘tgan yilning shu davriga nisbatan -16,6 foizga kamaydi. Shu bilan birga, eksportning o‘sish sur’ati 105,5 foizni (o‘tgan yilning shu davriga nisbatan -22,3 foizga kam), import 107,4 foizni (o‘tgan yilning shu davriga nisbatan –12,8 foizga kam) tashkil etdi.