Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra 2024-yil yanvar-aprel oylarininig yakuni bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi 20.870,1 million AQSH dollarini tashkil etdi va 2023-yilning shu davriga nisbatan 1.164,8 million AQSh dollariga yoki 5,9 foizga o‘sdi.
O‘zbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasida eksport hajmi 8.490,5 mln. AQSh dollariga (2023- yilning yanvar-aprel oylariga nisbatan 9,0% ga ko‘paydi) va import hajmi 12.379,6 mln. AQSh dollariga (3,9% ga ko‘paydi) yetdi. Hisobot davrida -3.889,1 mln. AQSh dollari qiymatida manfiy tashqi savdo balansi qayd etildi.
Oʻzbekiston Respublikasi jahonning 186 mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda. O‘zbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasining nisbatan salmoqli hissasi: Xitoy (19,0%), Rossiya (18,4%), Qozogʻiston (5,9%), Turkiya (4,4%) va Koreya Respublikasi (3,3%) qayd etilgan.