O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11 sentabrdagi «O’zbekiston–2030 strategiyasi to’g’risida»gi PF–158– son farmoni bilan yangi O’zbekistonni rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish jarayonida orttirilgan tajriba va jamoatchilik muhokamasi natijalari asosida ishlab chiqilgan» O’zbekiston-2030 «Strategiyasi tasdiqlandi.
«O’zbekiston-2030» Strategiyasi 100 ta maqsad va 5 ta ustuvor yo’nalishni o’z ichiga qamrab oladi, bular:
- har bir insonga o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun munosib sharoitlar yaratish;
- barqaror iqtisodiy o‘sish orqali aholi farovonligini ta’minlash;
- suv resurslarini tejash va atrof-muhitni muhofaza qilish;
- qonun ustuvorligini ta’minlash, xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish;
- “xavfsiz va tinchliksevar davlat” tamoyiliga asoslangan siyosatni izchil davom ettirish.
“O‘zbekiston — 2030” Strategiyasida quyidagi asosiy g‘oyalar aks ettirilgan:
- barqaror iqtisodiy o‘sish orqali daromadi o‘rtachadan yuqori bo’lgan davlatlar qatoridan o’rin olish;
- aholi talablariga va xalqaro standartlarga to‘liq javob beradigan ta’lim, tibbiyot va ijtimoiy himoya tizimini tashkil etish;
- aholi uchun qulay ekologik sharoitlarni yaratish;
- xalq xizmatidagi adolatli va zamonaviy davlatni barpo etish;
- mamlakatning suvereniteti va xavfsizligini kafolatli ta’minlash.
Strategiyani amalga oshirish va uning maqsadli ko’rsatkichlariga erishish mamlakatning barcha davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ustuvor vazifasi deb e’lon qilindi.
«Taraqqiyot strategiyasi» markazi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda aholi tomonidan strategiyani amalga oshirish darajasini baholash uchun onlayn portal ishga tushiriladi.