O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining ma’lumotlariga binoan 2024-yil 1-aprel holatiga ko’ra O’zbekiston Respublikasining Xalqaro Zaxiralari 34.190,3 million AQSh dollarini tashkil etdi (o’tgan oy bilan taqqoslaganda 1.994,530 million AQSh dollari yoki 106,2% ga o’sgan).
Shundan:
- Xorijiy valyutadagi zaxira aktivlar: 8.260,270 million AQSh dollari (Xalqaro zaxiralarning umumiy qiymatining 24,2%). O‘tgan oyga nisbatan 710,680 mln.AQSH dollariga yoki 109,4 foizga o‘sgan;
- Oltin (sof hajmi 11,5 million troy unsiyada): 25.374,480 million AQSh dollari (74,2%). O’tgan oy bilan taqqoslaganda 1.277,700 million AQSh dollari yoki 105,3 foizga o’sgan. O’tgan oyga nisbatan jismoniy hajmda 0,350 million troya unsiyasi yoki -3,0% ga kamaygan;
- Boshqa aktivlar: 555,5 million AQSh dollari (1,6%).